/News/O‘zbekistonda meva-sabzavotlar eksporti bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar diqqatiga!
28.03.2025 - 12:49 244

O‘zbekistonda meva-sabzavotlar eksporti bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar diqqatiga!

O‘zbekistonda meva-sabzavotlar eksporti bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar diqqatiga!

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ meva-sabzavotlar eksporti bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlarga kreditlarni osonroq olish va arzonroq qaytarish uchun quyidagi yordamlarni taqdim etadi.

Kompensatsiya

Kompaniya hudud toifasidan kelib chiqib, tadbirkor oladigan kredit foizining bir qismini — maksimal 5,6 foizgacha — kompensatsiya qilib beradi, ya’ni qoplab beradi.

Bunda tadbirkor olgan kreditning yillik foiz ustamasi 24,5 foizgacha bo‘lishi kerak.

Misol uchun, bank tadbirkorga 24,5 foiz stavkasi bilan kredit berdi deylik. Agar u joylashgan hudud uchun maksimal 5,6 foiz kompensatsiya taqdim etilsa, unda tadbirkor 3 yilga aslida 18,9 foiz (24,5 foiz – 5,6 foiz) to‘laydi, qolgan qismini esa Kompaniya qoplaydi.

Bu orqali tadbirkorning moliyaviy yuki kamayadi va biznesini kengaytirish uchun qulay sharoit yaratiladi.

Kafillik

Tijorat banklaridan kredit olishda garov talab etiladi. Ko‘pincha tadbirkorlar kerakli garovni topa olmay qiyinchiliklarga duch keladi.

Shunday vaqtda Kompaniya kichik tadbirkorlarga 2,5 milliard so‘mgacha, o‘rta tadbirkorlarga 5 milliard so‘mgacha kafillik beradi.

Bu degani, tadbirkor maʼlum sabablarga ko‘ra kreditni qaytarolmay qolganda Kompaniya uning o‘rniga kreditni to‘lash majburiyatining bir qismini o‘z zimmasiga oladi.

 

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ
Axborot xizmati