/Kompaniya haqida/Kompaniya tarixi

Kompaniya tarixi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-son «Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga asosan Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi negizida Iqtisodiyot va moliya vazirligi ta’sischiligidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil qilindi.

Kompaniya tomonidan O‘zbekistonda kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlarining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularni kompleks qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha yordam instrumentlarini mustaqil joriy etish, tadbirkorlarning qo‘llab-quvvatlash choralaridan foydalanish imkoniyati oshirildi.

Kompaniya yordamlari hisobidan kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlarining innovatsion faoliyati, yangi turdagi mahsulotlar yaratish va ishlab chiqarish, shuningdek, faoliyatiga samarali yangi texnologiyalar, xususan «yashil» va energiya tejovchi texnologiyalar joriy etish qo‘llab-quvvatlanib kelmoqda.

Maʼlumot o‘rnida, Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi 2017-yilda Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etilgan. 2020-yilda esa Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (2021-yilda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, 2022-yilda Iqtisodiyot va moliya vazirligi) tuzilmasiga o‘tkazilgan.