Matbuot anjumani
Milliy matbuot markazida “Korxonalarga xom-ashyo sotib olish va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish borasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining o‘rni” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi loyihasi asosida Milliy matbuot markazi hamda “UzReport” telekanali hamkorligidagi tashkil etilgan ushbu matbuot anjumanida Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi Ijro etuvchi direktor o‘rinbosari U.A.Ismailov, jamg‘armaning Kafilliklar taqdim etish boshqarmasi boshlig‘i A.Saksonov hamda Kompensatsiyalar taqdim etish boshqarmasi bosh mutaxassisi I.Turdiyevlar ishtirok etdilar.
Mazkur matbuot anjumani “UzReport” telekanalini orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilgan holda Jamg‘arma tomonidan tadbirkorlarga bugungi kunda ko‘rsatilyotgan moliyaviy yordam shakllari, xususan eksport faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga yaratilib berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Ushbu matbuot anjumni bilan batafsil quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.