/Yangiliklar/O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-aprel sanasida PF-51-sonli Farmoni qabul qilindi
14.04.2023 - 17:30 7610

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-aprel sanasida PF-51-sonli Farmoni qabul qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-aprel sanasida PF-51-sonli Farmoni qabul qilindi

Mazkur Farmonga muvofiq, 2024-yil 31-dekabrga qadar:

Jamg‘arma tomonidan xususiy pudrat tashkilotlariga Toshkent shahrida-9 va undan yuqori, boshqa shaharlarda-7 va undan yuqori, qishloq joylarda-5 va undan yuqori qavatli uylar qurish uchun ajratilgan tijorat banklarining milliy valyutadagi kreditlari bo‘yicha 24-oydan ortiq bo‘lmagan muddatga kafillik va kompensatsiya taqdim etiladi.

Kompensatsiya kredit summasidan qat‘i nazar har bir ko‘p kvartirali uy-joy uchun kreditning 5 mlrd.so‘mdan ortiq bo‘lmagan qismi bo‘yicha to‘lanadi.

Kafillik kredit summasidan qat‘i nazar har bir ko‘p kvartirali uy-joy uy joy uchun 2,5 mlrd. so‘mdan oshmagan miqdorda taqdim etiladi.

Kafillik va kompetsatsiya berish uchun maydoni 70 kv.m.dan oshmagan kvartiralar soni qurilayotgan uy-joydagi jami kvartiralar sonining 70% tashkil etishi lozim

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati.