O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamkorligida respublika tadbirkorlari bilan onlayn uchrashuv tafsilotlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-193-son Farmoniga asosan Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (Jamg‘arma)“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (Kompaniya) shaklida qayta tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan joriy yilning 15 noyabr kuni Jamg’arma O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamkorligida kichik va o’rta biznes vakillari bilan onlayn seminar tashkil etildi.
Uchrasuvda 500 dan ortiq tadbirkorlar bilan birgalikda Kompaniyaning 2024 yil 1 martdan boshlab joriy etiladigan yangi moliyaviy yordamlari haqida atroflicha fikr – mulohazalar yuritildi.
Seminar avvalida Jamg‘armaning Kompaniyaga aylantilishining afzalliklari aytib o‘tildi. Bular:
a) tadbirkorlani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha yordam instrumentlarini joriy etish, ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish;
b) mahalliy va xalqaro kapital bozorlaridan resurslarni jalb qilish;
c) kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish orqali ish o‘rinlari yaratishda ko‘maklashish
d) kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlarining innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
e) o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslarning loyihalarini mikromoliyalash orqali keng qo‘llab-quvvatlash;
f) xizmatlar ko‘rsatish, mahsulot ishlab chiqarish va yetishtirish sohasida “yashil” va energiya tejovchi texnologiyalar hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishni keng qo’llab-quvvatlash.
Shu bilan birga moliyaviy yordam turlari, ularni taqdim etish va ulardan foydalanish masalalariga alohida to’xtalib o’tildi. Xususan:
a) kafillik moliyaviy yordamidan foydalanish imkoniyatlari oshirilmoqda.
o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslarga, kichik va o‘rta tadbirkorlarga kafillik taqdim etiladi;
(amalda faqat kichik tadbirkorlarga taqdim etilgan)
mikromoliya va lizing tashkilotlari tomonidan ajratiladigan kredit va lizinglarga ham kafillik berilishi yo‘lga qo‘yilmoqda;
(amalda faqat tijorat banki bilan ishlangan)
banklarning kreditlaridan tashqari bank kafolati, akkreditiv va lizinglarga ham kafillik taqdim etiladi;
(amalda faqat tijorat banki kreditlariga taqdim etilgan)
xorijiy valyutada ajratiladigan kredit (lizing)larga ham kafillik taqdim etiladi;
(amalda milliy valyutada ajratilgan kreditlar uchun taqdim etilgan)
kafillik miqdori 5 mlrd so’mgacha oshirilmoqda;
(amalda 2,5 mlrd so’mgacha taqdim etilgan)
Shuningdek, kredit tarixi yaxshi yoki a’lo bo‘lsa kafillikdan takroran foydalanishga ruxsat beriladi
(avval kafillik olgan tadbirkor kreditni so‘ndirmaguncha boshqa foydalana olmagan).
Bundan tashqari, kafillik taqdim etish bo‘yicha tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida banklar tomonidan mustaqil ravishda Kompaniya javobgarligi ostida portfel kafilligi taqdim etiladi (xozirgi sarflanayotgan vaqtga nisbatan 5-7 kun kam vaqt sariflanadi).
b) O’rta tadbirkorlik subyektiga «Xizmatlar ipotekasi» yangi moliyaviy yordam turi joriy etilmoqda.
Kompaniya tomonidan o’rta tadbirkorning istagidan kelib chiqib, 10 mlrd so‘m (obyektning 70 foizi)dan ortiq bo‘lmagan miqdorda ko‘chmas mulk va asbob-uskunalar sotib olinadi va 7 yilgacha muddatga qarzdorlik qoldig‘iga 18 foiz hisoblash yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan tashabbuskorga beriladi va qarzdorlik so‘ndirilgandan so‘ng tadbirkor nomiga rasmiylashtirib beriladi.
Loyiha tashabbuskori ochiq tanlov o‘tkazish yo‘li bilan aniqlanadi.
c) O’rta tadbirkorlik subyektiga «Ulush kiritish» yangi moliyaviy yordam taqdim etiladi.
Ulush kiritish – o‘rta tadbirkorlarga 7 yil davomida qaytarish sharti asosida 3 mlrd so‘mgacha ularning kapitaliga kiritiladi.
d) mahsulot ishlab chiqarish va yetishtirish, xizmat ko‘rsatish, «yashil» va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun tijorat banklari, mikromoliya va lizing tashkilotlariga milliy va xorijiy valyutada kredit resurslari joylashtiriladi.
Bunda, banklar, mikromoliyalash va lizing tashkilotlari resurs bazalari kengaytirilishi orqali o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar, mikro biznes, kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlariga inklyuziv stavkada kreditlar ajratiladi va bu orqali o‘zini o‘zi band qilgan shaxsdan – mikro biznesga, mikro biznesdan – kichik tadbirkorlik subyektiga va kichik tadbirkorlikdan-o‘rta tadbirkorlik subyektiga o‘tishga ko‘maklashiladi
e) kompensatsiya yordamidan foydalanish takomillashtirilmoqda.
2024-2026 yillarda kichik tadbirkorlik subyektlariga 5 mlrd so‘mdan oshmagan va 24,5 foizgacha (amalda 21 foizgacha) ajratiladigan kreditlarning 18 foizdan (amalda 14 foiz) yuqori qismi hududlarning toifasidan kelib chiqib “1+2” (amalda “2+1”) tamoyili asosida 4,2 yoki 5,6 foizi qoplab beriladi.
Bunda, kompensatsiya avval kreditning dastlabki yiliga, tadbirkor ish o‘rinlarini yaratish rejasini bajarganda va aylanmasi 15 foizga oshganda, keyingi ikki yil davomida davom ettiriladi.
“Ulush kiritish” va “Xizmat ipotekasi” 2 yildan ortiq faoliyat yuritgan va so‘nggi 1 yil davomida 50 nafar kishini doimiy ish bilan ta’minlagan o‘rta tadbirkorlik subyektiga taqdim etiladi.
Shuningdek, Jamg‘arma mas‘ullari tadbirkor va mutasaddilarning 40 ga yaqin savollariga javob berishdi va tadbirkorlar tomondan berilgan takliflar inobatga olinishi aytib o‘tildi.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati