/Yangiliklar/“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan Farg‘ona va Navoiy viloyatlari tadbirkorlari uchun onlayn seminar tashkil etildi
19.08.2024 - 17:45 266

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan Farg‘ona va Navoiy viloyatlari tadbirkorlari uchun onlayn seminar tashkil etildi

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan Farg‘ona va Navoiy viloyatlari tadbirkorlari uchun onlayn seminar tashkil etildi

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan Farg‘ona va Navoiy viloyatlari hokimliklari, Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tadbirkorlar uchun onlayn seminar tashkil etildi. Unda 800 dan ortiq tadbirkorlar, tuman (shahar) hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, tijorat banklari rahbarlari ishtirok etdilar.

Dastavval Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy yordamlar haqida atroflicha maʼlumot berildi. Kompaniyaning moliyaviy yordamlari bo‘yicha tushunchalar taqdimot va videolavhalar orqali seminar ishtirokchilariga yetkazildi.

Shu bilan birga, Kompaniya masʼullari tadbirkor va mutasaddilarning 30 ga yaqin savollariga javob berishdi.

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ
Axborot xizmati