/Yangiliklar/Tadbirkorga maslahat
25.04.2024 - 16:00 124

Tadbirkorga maslahat

Tadbirkorga maslahat

Mikrokredit tashkiloti nima va u qanday xizmatlar ko‘rsatadi?

Mikrokredit tashkiloti bank va boshqa muassasalar bilan bir qatorda kredit tashkiloti hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan litsenziya asosida faoliyat yuritadi.Mikrokredit tashkilotlarining asosiy vazifasi tez yordam ma’nosida bo‘lib, tashkilotlaridan kredit olish ancha sodda, ommabop hisoblanadi

Mikrokredit tashkilotidan olish mumkin bo‘lgan qarz miqdori?

Mikroqarz – qarz oluvchi jismoniy shaxsga 100 million so‘mgacha miqdorda taqdim etiladigan mablag‘lardir.

Mikrokreditlar – bu qarz oluvchiga 300 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun taqdim etiladigan mablag‘lardir.

Mikrolizing – qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 600 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda mol-mulk olish hamda uni egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga shartnomada belgilangan shartlar asosida xaq evaziga berish nazarda tutilgan xizmatdir.

«Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ tomonidan mikromoliya tashkilotlariga joylashtirilgan resurslar hisobidan kredit (lizing) ajratish hamda mikromoliya tashkilotlari tomonidan milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar bo‘yicha kafillik taqdim etish belgilangan.