/Yangiliklar/«Kichik va o’rta biznesni rivojlantirish bo’yicha federal korporatsiya» aksiyadorlik jamiyati vakillari bilan uchrashuv
25.04.2024 - 10:00 365

«Kichik va o’rta biznesni rivojlantirish bo’yicha federal korporatsiya» aksiyadorlik jamiyati vakillari bilan uchrashuv

«Kichik va o’rta biznesni rivojlantirish bo’yicha federal korporatsiya» aksiyadorlik jamiyati vakillari bilan uchrashuv

«Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi aksiyadorlik» jamiyati (Kompaniya) «Kichik va o’rta biznesni rivojlantirish bo’yicha federal korporatsiya» aksiyadorlik jamiyati («Korporatsiya MSP») vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda «Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyati direktori Abbosxon Maxamatov, Monitoring va muammoli aktivlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Muxtar Baysafarov, «Korporatsiya MSP» tomonidan Bosh direktor o’rinbosari Kolomiycev Kirill Aleksandrovich va Xalqaro faoliyat direksiyasi rahbarining o’rinbosari Yegorova Yevgeniya Sergeyevna ishtirok etdilar.

Ma’lumot uchun: “Korporatsiya MSP” Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 2015-yil 5-iyundagi Farmoni bilan tashkil etilgan bo‘lib, kichik va o’rta korxonalarni qo’llab-quvvatlashni muvofiqlashtirish uchun kichik va o’rta korxonalar sohasida rivojlanish instituti sifatida faoliyat yuritadi.

Uchrashuv avvalida «Korporatsiya MSP» vakillari faoliyatining asosiy maqsadlari, ular tomonidan taqdim etiladigan yordam turlari bilan tanishtirib o‘tdilar:

Kafolat va kafilliklar;

Imtiyozli lizing;

Biznesni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar dasturi;

Eng ustuvor sohalarda imtiyozli kreditlar dasturi va boshqalar.

Bunda yordamlarni taqdim etish qoidalari va shartlari muxokama qilindi.

O‘z navbatida, Kompaniya vakillari Kompaniya tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy yordam turlari, ularni taqdim etish va ulardan foydalanish masalalariga alohida to’xtalib o’tildi. Xususan yordamlar to‘g‘risida ma‘lumotlar taqdimotlar va video lavhalar orqali namoyish etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar qo‘shma hamkorlikni davom ettirishga va o‘zaro manfaatli loyihalar sohasini kengaytirishga kelishib oldilar.

«Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ
Axborot xizmati