/Yangiliklar/Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan logistika yo‘nalishini rivojlantirish uchun taqdim etib kelinayotgan moliyaviy yordamlar
27.09.2023 - 10:55 324

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan logistika yo‘nalishini rivojlantirish uchun taqdim etib kelinayotgan moliyaviy yordamlar

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan logistika yo‘nalishini rivojlantirish uchun taqdim etib kelinayotgan moliyaviy yordamlar

Mamlakatda transport va logistika xizmatlari bozorini rivojlantirish, ularning barcha toifadagi iste’molchilar uchun ommabopligini ta’minlash, shuningdek logistika tizimini takomillashtirish maqsadida keng qamrovli amaliy ishlar olib borilmoqda.

Bugungi kunga qadar, Jamg‘arma tomonidan 285 ta loyihalarga kafillik va kompensatsiya yordamlari taqdim etilgan hamda 1 180 ta yangi ish o‘rni yaratilishi nazarda tutilgan.

Kafillik yordami bo‘yicha 46 ta loyihalarga ajratilgan 115 mlrd so‘m kredit uchun 48,7 mlrd so‘m mablag‘ miqdorida qo‘llab-quvvatlangan.

Kompensatsiya yordami bo‘yicha 239 ta loyihalarga ajratilgan 328 mlrd so‘m kredit uchun 27 mlrd so‘m mablag‘ miqdorida qo‘llab-quvvatlangan.

Shuningdek, Jamg‘arma tomonidan moliyaviy yordamlar miqdori hududlar kesimida taqdim etilmoqda. Xususan, Top-4 hududlar tahlil natijasida aniqlandi: kafillik bo‘yicha Xorazm, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahri hamda kompensatsiya bo‘yicha Xorazm, Buxoro va Toshkent viloyatlari egallab kelmoqda.

Jamg‘arma tomonidan logistika yo‘nalishini rivojlantirish uchun moliyaviy yordamlar ajratish ishlari davom ettirilmoqda.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati