/Yangiliklar/Tadbirkorga maslahat
28.09.2023 - 12:42 166

Tadbirkorga maslahat

Tadbirkorga maslahat

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tovar-xomashyo birjasi orqali 180 kunga kechiktirib to‘lash sharti bilan olingan qimmatbaho metallar uchun to‘lovni ta’minlash maqsadida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ bilan kelishilgan holda bank kafolati yoki Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligining kafilligi taqdim etiladi.

Bunda, bank yoki Eksportni rag‘batlantirish agentligi tovar-xomashyo birjasi orqali 180 kunga kechiktirib to‘lash sharti bilan sotilgan qimmatbaho metallar uchun bank kafolati (kafillik) shartnoma summasining 85 foizigacha (85 foizi ham kiradi) miqdorda yillik 2 foizgacha komissiya undirilgan holda taqdim etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-fevraldagi PQ-4998-son qarori.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati