/Aksiyadorlar va investorlar/Aksiyalarni sotib olish

Aksiyalarni sotib olish

Aksiyalarni sotib olish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Jamiyat ustaviga binoan joylashtirilgan aksiyalarni sotib olish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

1. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan ularning umumiy sonini kamaytirish orqali jamiyat ustav kapitalini kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
2. Jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan aksiyalarni keyinchalik qayta sotish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilinishi;
3. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarorlar qabul qilganida, agar ular qarshi ovoz bergan yoki o‘rinli sabablarga ko‘ra ovoz berishda qatnashmagan bo‘lsa, quyidagi talablarni qo‘yish:
4. Jamiyatni qayta tashkil etish;
5. Joylashtirilgan aksiyalarni birlashtirish;
6. “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini ximoya qilish to‘g‘risidagi”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 84-moddasi ikkinchi va uchinchi bandlariga ko‘ra Jamiyat tomonidan mol-mulkni sotib olish yoki begonalashtirish bilan bog‘liq yirik bitim tuzish;
7. Ustavga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish yoki aksiyadorlarning huquqlarini cheklaydigan ustavni yangi tahrirda tasdiqlash.

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini ximoya qilish to‘g‘risidagi” qonuniga muvofiq o‘z aksiyalarini sotib olish to‘g‘risida maʼlumotlarning mavjud emasligini maʼlum qiladi.