Kapitalga ulush kiritish yordami – ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlash loyihalari bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektlari, asbob-uskunalar va boshqa ko‘rinishdagi aktivlar (bitim obyekti)ni sotib olish va uni loyiha tashabbuskoriga taqdim etish orqali uning ustav kapitaliga ulushdor bo‘lib kirish hisoblanadi.
Kapitalga ulush kiritish yordami 12 oydan ortiq faoliyat yuritayotgan:
Ustav kapitalga ulush kiritish 7 yil davomida qaytarish sharti (bitim obyektining umumiy bahosini loyiha tashabbuskori tomonidan qoplanishi hamda Kompaniyaning dividend ko‘rinishidagi daromadi yig‘indisi) asosida milliy valyutada taqdim etiladi.
Shuningdek, faoliyatiga 12 oy bo‘lgan asosiy taʼsischi ustav kapitalga ulush kiritish shartnomasi bo‘yicha qarzdor yoki kafil sifatida qatnashgan quyidagi hollarda ham loyiha tashabbuskoriga ustav kapitalga ulush kiritish moliyaviy yordami quyidagicha taqdim qilinishi mumkin:
2025-yil 1-sentabrdan boshlab Kompaniya tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tib, ushbu hududda 12 oydan ortiq faoliyat yuritayotgan hamda bir yil davomida kamida 10 nafar kishini doimiy ish bilan taʼminlagan tadbirkorlik subyektlariga o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha jami daromadining 50 foizigacha miqdorda ustav kapitalga ulush kiritish moliyaviy yordami taqdim etiladi.
Kapitalga ulush kiritish yordami quyidagi yo‘nalishlarga taqdim etilmaydi:
1. Qimorxona va billiardxonalar, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va (yoki) ular savdosini tashkil etish;
2. Ilgari olingan kredit (lizing)larni yoki boshqa har qanday qarzni qaytarish;
3. Lizing va sug‘urta kompaniyalari faoliyatini tashkil etish;
4. Ulgurji savdo, umumiy ovqatlanish hamda alohida tashkil etiladigan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish (bundan savdo va servis, yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlari, jumladan kompleks tarkibida avtomobillarga yonilg‘i quyish hamda savdo shoxobchalari faoliyatini tashkil etish, “yashil” texnologiyalarni, jumladan elektrmobillarni quvvatlantirish faoliyatini tashkil etish mustasno);
5. Yengil va ilgari foydalanishda bo‘lgan yuk avtotransport vositalari sotib olish (chet eldan olib kelinadigan yuk avtotransport vositalari bundan mustasno);
6. Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida amalga oshiriladigan loyihalar (bundan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlash loyihalari mustasno).
Kapitalga ulush kiritish yordami-ochiq tanlov e‘lon qilinishi orqali taqdim etiladi. Tanlov Kompaniya tomonidan eʼlon qilinadi hamda loyiha tashabbuskorlari loyiha anketasini tizim yoki elektron pochta orqali kiritadi.
Mazkur xizmatdan foydalanish yuzasidan batafsil axborotni Ulush kiritish moliyaviy yordami nizomidan olishingiz mumkin.