/Kompaniya xizmatlari/Kapitalga ulush kiritish

Kapitalga ulush kiritish

Kapitalga ulush kiritish yordami – ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlash loyihalari bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektlari, asbob-uskunalar va boshqa ko‘rinishdagi aktivlar (bitim obyekti)ni sotib olish va uni loyiha tashabbuskoriga taqdim etish orqali uning ustav kapitaliga ulushdor bo‘lib kirish hisoblanadi.

Kapitalga ulush kiritish yordami 24 oydan ortiq faoliyat yuritayotgan:

  • murojaat sanasida o‘ttiz besh nafar kishini doimiy ish bilan ta’minlagan o‘rta tadbirkorlik subyektiga – loyiha qiymatining 50 foizi, biroq ustav kapitalining 20 foizi yoki 5 milliard so‘mgacha miqdorda;
  • murojaat sanasida o‘n besh nafar kishini doimiy ish bilan ta’minlagan, yillik daromadi 6 mlrd so‘mdan ortiqkichik tadbirkorlik subyektiga – loyiha qiymatining 50 foizi, biroq ustav kapitalining 20 foizi yoki 3 milliard so‘mgacha miqdorda taqdim etiladi.

Ustav kapitalga ulush kiritish 7 yil davomida qaytarish sharti (bitim obyektining umumiy bahosini loyiha tashabbuskori tomonidan qoplanishi hamda Kompaniyaning dividend ko‘rinishidagi daromadi yig‘indisi) asosida milliy valyutada taqdim etiladi.

 

 

 

 

Kapitalga ulush kiritish yordami quyidagi yo‘nalishlarga taqdim etilmaydi:

1. Qimorxona va billiardxonalar, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va (yoki) ular savdosini tashkil etish;

2. Ilgari olingan kredit (lizing)larni yoki boshqa har qanday qarzni qaytarish;

3. Lizing va sug‘urta kompaniyalari faoliyatini tashkil etish;

4. Ulgurji savdo, umumiy ovqatlanish hamda alohida tashkil etiladigan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish (bundan savdo va servis, yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlari, jumladan kompleks tarkibida avtomobillarga yonilg‘i quyish hamda savdo shoxobchalari faoliyatini tashkil etish, “yashil” texnologiyalarni, jumladan elektrmobillarni quvvatlantirish faoliyatini tashkil etish mustasno);

5. Yengil va ilgari foydalanishda bo‘lgan yuk avtotransport vositalari sotib olish (chet eldan olib kelinadigan yuk avtotransport vositalari bundan mustasno);

6. Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida amalga oshiriladigan loyihalar (bundan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlash loyihalari mustasno).

Kapitalga ulush kiritish yordami-ochiq tanlov e‘lon qilinishi orqali taqdim etiladi. Tanlov Kompaniya tomonidan eʼlon qilinadi hamda loyiha tashabbuskorlari loyiha anketasini tizim yoki elektron pochta orqali kiritadi.