/Kompaniya xizmatlari/Xizmatlar ipotekasi/Xizmatlar ipotekasi — Qarz moliyaviy yordami

Xizmatlar ipotekasi — Qarz moliyaviy yordami

Qarz moliyaviy yordami — bu bir kompaniya (kreditor) tomonidan boshqa bir loyiha tashabbuskori (qarz oluvchi)ga belgilangan maqsadlar va muddatlar asosida xaridlarni amalga oshirish uchun mablag‘ taqdim etishdir. Qarz oluvchi mablag‘ni belgilangan yillik foiz ustamasi bilan Kompaniyaga qaytarish grafigiga muvofiq to‘lash orqali qaytarish sharti bilan mos keladigan Qarz oluvchining talab qilib olinguncha hisobvarag‘iga o‘tkazib berishni nazarda tutadigan munosabatlardir.

Ushbu moliyaviy yordam ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, qurilish, yuk va yo‘lovchi tashish, turizm, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlash tarmoqlari, go‘sht va tuxum etishtirish yo‘nalishi bo‘yicha ko‘chmas mulk, asbob-uskunalar hamda hom-ashyolarni sotib olish uchun taqdim etiladi.

Qarz moliyaviy yordami – loyiha qiymatining 70 foizigacha, 12 oydan ortiq faoliyat yuritayotgan:

  • yillik daromadi 6 mlrd so‘mdan yuqori bo‘lgan va murojaat sanasida kamida 15 ta ish o‘rni mavjud bo‘lgan kichik tadbirkorlik subyektlariga 5 mlrd so‘mgacha;
  • murojaat sanasida kamida 15 ta ish o‘rni mavjud bo‘lgan o‘rta tadbirkorlik subyektlariga 5 mlrd so‘mgacha;
  • murojaat sanasida kamida 35 ta ish o‘rni mavjud bo‘lgan o‘rta tadbirkorlik subyektlariga 10 mlrd so‘mgacha;
  • murojaat sanasida kamida 35 ta ish o‘rni mavjud bo‘lgan hamda yillik daromadi 50 mlrd so‘mdan yuqori bo‘lgan o‘rta tadbirkorlik subyektlariga 20 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda.

Shuningdek, faoliyatiga 1 yil bo‘lgan asosiy taʼsischi qarz moliyaviy yordami taqdim etish shartnomasi bo‘yicha qo‘shimcha qarzdor yoki kafil sifatida qatnashgan quyidagi hollarda ham loyiha tashabbuskoriga qarz moliyaviy yordami quyidagicha taqdim qilinishi mumkin:

  • asosiy taʼsischining yillik daromadi 6 mlrd so‘mdan yuqori, hamda murojaat sanasida kamida mlrd mavjud bo‘lgan hollarda kichik tadbirkorlik subyektiga mansub korxonalarga taqdim etiladigan shartlar doirasida;
  • asosiy taʼsischining yillik daromadi 10 mlrd so‘mdan yuqori, hamda murojaat sanasida kamida 35 ta ish o‘rni mavjud bo‘lgan hollarda o‘rta tadbirkorlik subyektiga mansub korxonalarga taqdim etiladigan shartlar doirasida.

Kompaniya qarz mablag‘larini loyiha bo‘yicha xarid shartnomasida belgilangan shakl va muddatlarga muvofiq, loyiha tashabbuskorining talab qilib olinguncha asosiy hisobvarag‘iga o‘tkazib berish orqali taqdim etiladi.

Moliyaviy yordam milliy valyutada ajratiladi.

Muddati:

  • Maksimal muddati 84 oygacha;
  • aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun 18 oygacha.

Foiz stavkasi:

  • Investitsion va yashil loyihalari uchun – MB asosiy stavkasi + 4 foiz stavkada;
  • Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun – yillik 21 foiz stavkada;
  • Maxsus texnika va yuk tashishga mo‘ljallangan avtotransport vositalari uchun – 23 foiz stavkada.

Moliyaviy yordamdan foydalanganlik uchun vositachilik haqi – moliyaviy yordam summasining 1 foiz miqdorida belgilanadi.

Ustuvorlik beriladigan loyihalar:

  • yangi ish o‘rinlarini yaratish soni;
  • loyihaning samaradorligi (rentabelligi);
  • ishchi xodimlarning mehnatiga xaq to‘lash miqdorlari nisbatan yuqoriligi;
  • qo’shimcha qiymat yaratilishining yuqoriligi;
  • yashil va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish nazarda tutilgan loyihalar.

Quyidagi loyihalarga mazkur yordam taqdim etilmaydi:

  • Qimorxona va billiardxonalar, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va (yoki) ular savdosini tashkil etish uchun talab etiladigan bino va uskunalar;
  • Ulgurji savdo, umumiy ovqatlanish hamda alohida tashkil etiladigan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari bino va uskunalari (bundan savdo va servis, yo‘l bo‘yi infratuzilma ob’ektlari, jumladan kompleks tarkibida avtomobillarga yonilg‘i quyish hamda savdo shoxobchalari faoliyatini tashkil etish, “yashil” texnologiyalarni, jumladan elektrmobillarni quvvatlantirishda foydalaniladigan bino va uskunalari mustasno);
  • Transport vositalari sotib olish (bundan yuk tashish xizmati faoliyati, qurilish faoliyati uchun maxsus texnikalar hamda turizm faoliyati avtobus va mikroavtobuslar mustasno);
  • Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida amalga oshiriladigan loyihalar (bundan go‘sht va tuxum yo‘nalishi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlashda foydalaniladigan bino va uskunalar mustasno).