/Kompaniya xizmatlari/Xizmatlar ipotekasi

Xizmatlar ipotekasi

Xizmatlar ipotekasi — Kompaniya tomonidan tadbirkorning topshirig‘iga binoan sotuvchidan Xizmatlar ipotekasini taqdim etish shartnomasida ko‘rsatilgan ko‘chmas mulk va asbob-uskunalarni mulk qilib sotib olishni va uni shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga foydalanish huquqi bilan loyiha tashabbuskoriga 7 yil muddatga berishni nazarda tutadigan munosabatlarining alohida turi hisoblanadi.

Xizmatlar ipotekasi 24 oydan ortiq faoliyat yuritayotgan:

  • murojaat sanasida o‘ttiz besh nafar kishini doimiy ish bilan ta’minlagan o‘rta tadbirkorlik subyektiga – ko‘chmas mulk va asbob-uskunalarning 70 foizigacha biroq 10 mlrd so‘mgacha miqdorda;
  • murojaat sanasida o‘n besh nafar kishini doimiy ish bilan ta’minlagan, yillik daromadi 6 mlrd so‘mdan ortiqkichik tadbirkorlik subyektiga –  ko‘chmas mulk va asbob-uskunalarning 70 foizigacha biroq 5 mlrd so‘mgacha miqdorda taqdim etiladi.

Xizmatlar ipotekasi moliyaviy barqaror bo‘lgan (byudjet va kreditdan muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan, xisobot davrini foyda bilan yakunlagan) xo‘jalik yurituvchi subyektlarga to‘lovlilik, qaytarishlik va maqsadga muvofiq foydalanishlik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.

Moliyaviy yordam milliy valyutada ajratiladi.

Xizmatlar ipotekasi yillik 17,5 foiz yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti asosida taqdim etiladi.

Yillik daromadi 50 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan o‘rta tadbirkorlik subyektiga mansub korxonalarga ko‘chmas mulk, mulkiy kompleks (tayyor biznes majmuasi) ni sotib olish ko‘zda tutiladigan bitimni moliyalashtirish uchun Kompaniyaning maksimal ulushi 20 milliard so‘mgacha, biroq bitimining 70 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda xizmatlar ipotekasi yordami taqdim etilishi mumkin.

Xizmat ipotekasi yordamini taqdim etish yuzasidan Kompaniya tomonidan ochiq tanlov eʼlon qilinadi va unda ishtirok etish orqali tadbirkorlar mazkur xizmatdan foydalanishlari mumkin.

Xizmatlar ipotekasi quyidagi yo’nalishlarga taqdim etilmaydi:

  • Qimorxona va billiardxonalar, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va (yoki) ular savdosini tashkil etish uchun talab etiladigan bino va uskunalar;
  • Ulgurji savdo, umumiy ovqatlanish hamda alohida tashkil etiladigan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari bino va uskunalari (bundan savdo va servis, yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlari, jumladan kompleks tarkibida avtomobillarga yonilg‘i quyish hamda savdo shoxobchalari faoliyatini tashkil etish, “yashil” texnologiyalarni, jumladan elektrmobillarni quvvatlantirishda foydalaniladigan bino va uskunalari mustasno);
  • Transport vositalari sotib olish;
  • Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida amalga oshiriladigan loyihalar (bundan go‘sht va tuxum yetishtirish yo‘nalishi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlashda foydalaniladigan bino va uskunalar mustasno).

Xizmatlar ipotekasi yordami uchun bitim qiymatiga nisbatan 0,6 foiz komission to‘lov ham undiriladi.

 

Xizmatlar ipotekasi yordami-ochiq tanlov e‘lon qilinishi orqali taqdim etiladi. Tanlov Kompaniya tomonidan eʼlon qilinadi hamda loyiha tashabbuskorlari loyiha anketasini tizim yoki elektron pochta orqali kiritadi.