/Новости/“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001:2015 va ISO 37001:2016 sertifikatlarini qo‘lga kiritdi
14.07.2025 - 12:00 172

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001:2015 va ISO 37001:2016 sertifikatlarini qo‘lga kiritdi

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001:2015 va ISO 37001:2016 sertifikatlarini qo‘lga kiritdi

Bugun, 14-iyul kuni Kompaniya Yevropaning yetakchi auditorlik tashkilotlaridan biri — “Astraia Certification” tomonidan o‘tkazilgan mustaqil audit natijasiga ko‘ra, ISO 9001:2015 (sifat menejmenti tizimi) va ISO 37001:2016 (korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi) xalqaro standartlariga muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘ldi.

Audit jarayonida Kompaniyaning boshqaruv tizimi, mijozlar bilan ishlash tartibi, risklarni boshqarish bo‘yicha amaliyotlari hamda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi batafsil o‘rganildi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, barcha jarayonlar xalqaro standartlarga to‘la mosligi tasdiqlandi.

ISO 9001 Kompaniyada sifatni boshqarishga tizimli yondashuv joriy etilgani, xalqaro standartlarga mos keladigan ichki jarayonlarning shaffofligi va samaradorligi ta’minlanganini tasdiqlaydi.

ISO 37001 xalqaro sertifikatiga ega bo‘lish esa mijozlar va hamkorlarning moliyaviy operatsiyalari xavfsizligi ta’minlanganligi, Kompaniya korrupsiyaviy xatarlarni oldini olish bo‘yicha olib borayotgan ishlarining samaradorligini ko‘rsatadi.

 

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ
Axborot xizmati