/About the company/Subject matter and objectives of the activity

Subject matter and objectives of the activity

Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi AJning asosiy maqsadi – Respublika bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha biznes loyihalarini moliyalashtirishdan iborat.

Kompaniya missiyasi – Kompaniyaning o‘tgan davrdagi eng ilg‘or tajribalarini saqlagan holda, tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarini sifat jihatdan mutloq yangi pog‘onaga chiqarish, zamonaviy va yuqori texnologik xizmatlarni ko‘rsatish borasida respublikadagi yetakchi o‘rnini saqlab qolish, tadbirkorlar bilan o‘zaro hurmat, ishonch va oshkoralikka asoslangan manfaatli hamkorlik aloqalarini yana-da mustahkamlagan holda ularga keng turdagi xizmatlarini ko‘rsatish orqali mijozlar va Kompaniya manfaatlarining uyg‘unlashuviga erishish.

Kompaniya moliyaviy yordam ko‘rsatishda barqarorlikni taʼminlash maqsadida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
– birinchidan, zamonaviy xalqaro standartlarni tadbiq etish yo‘li bilan Kompaniya korporativ boshqaruvini takomillashtiradi;
– ikkinchidan, iqtisodiy siyosatni liberallashtirish sharoitlarida sohaning barqaror rivojlanishi, Kompaniya rentabelligi va moliyaviy barqarorligini taʼminlaydi;
– uchinchidan, Kompaniyaning faoliyatining barcha yo‘nalishlarini avtomatlashtirish va raqamlashtirish darajasini oshiradi;
– to‘rtinchidan, xizmat ko‘rsatish sohasida korporativ boshqaruvning ilg‘or vositalarini amaliyotga tadbiq etadi;
– beshinchidan, ilg‘or, innovatsion va ilmiy-pedagogik texnologiyalar asosida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish yo‘li bilan sohaning kadrlar salohiyatini mustahkamlaydi;
– oltinchidan, ichki bozorni samarali ishlashi uchun zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali moliya tizimi va boshqaruvini takomillashtiradi;
– yettinchidan, uzoq muddatli, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun Kompaniya jozibadorligini oshirish.

Kompaniya uzoq muddatli istiqbolda moliya bozoridagi ulushini oshirishni, xizmatlar ko‘rsatish sifatini yaxshilashni maqsad qilib, bu maqsadga erishishda asosiy strategik rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab olgan. Xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bilan bir qatorda mahsulotlar hajmini kengaytirish va elektron tijoratni rivojlantirish ushbu strategiyaning ustuvor vazifalaridan biridir. Kompaniyaning uch yillik rejasida xorijiy kredit liniyalarini jalb etgan holda moliyaviy yordamlarni ko‘lamini kengaytirish va tadbirkorlarga xizmatlar ko‘rsatish orqali bozordagi ulushini oshirish belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-sentabrdagi PQ-292-son qaroriga asosan Kompaniya kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlarining ustuvor ravishda xizmat ko‘rsatish, “yashil” va energiya samarador loyihalari bo‘yicha yordamlarni taqdim etishni kengaytirib boradi.

Kompaniya o‘z oldiga qulay shartlarda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirishning asosiy instituti bo‘lish vazifasini belgilangan.