/News/“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi”ga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi
09.09.2024 - 12:12 252

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi”ga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi”ga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi

O‘zbekiston Prezidentining 7-sentabrdagi “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi [PQ-312-son] qarori qabul qilindi.

Unga muvofiq, dastur doirasida mikrokreditlar ajratish va resurs mablag‘lari bilan taʼminlashda, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga moliyaviy mablag‘larni Markaziy bankning asosiy stavkasidan 2 foiz band past stavkada 3 yil imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga joylashtirish tartibi joriy etiladi.

2024-yil 1-noyabrdan mikrokreditlarni qayta moliyalashtirishda ular bo‘yicha yuzaga keladigan kredit tavakkalchiligini tumanlar (shaharlar) toifasidan kelib chiqib, Kompaniya va mikrokredit beruvchilar o‘rtasida taqsimlash tizimi joriy qilinadi.

Kompaniyaga quyidagi vazifalar yuklatildi:

  • qayta moliyalashtiriladigan yoki kafillik taqdim etiladigan mikrokreditlarning shartlariga, mikrokredit oluvchilarga qo‘yiladigan talablarni va mikrokreditlar ajratadigan banklar va mikromoliya tashkilotlariga nisbatan muvofiqlik mezonlarini belgilash;
  • respublika budjeti va boshqa manbalardan moliyaviy mablag‘larni jalb qilish va ularni kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan mikrokreditlar bo‘yicha tavakkalchiliklarni o‘zaro taqsimlash asosida qayta moliyalashtirishga yo‘naltirish;
  • mikrokredit beruvchilar tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan mikrokreditlar bo‘yicha portfel kafilliklar taqdim etish.

“Kichik biznesni rivojlantirish jamg‘armasi” MChJning mol-mulklari baholashdan o‘tkazmagan holda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga qo‘shib yuboriladi.

“Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi takomillashtiriladi

Qarorga asosan dastur doirasida quyidagi mexanizmlar amaliyotga joriy etiladi:

  • bir loyiha doirasida 300 million so‘mgacha mikrokreditlarni, shundan 100 million so‘m garovsiz qismini “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ mablag‘lari hisobidan, 200 million so‘mgacha qismini banklar va mikromoliya tashkilotlarining o‘z mablag‘lari hisobidan ajratish;
  • garovsiz ajratilgan 100 million so‘m doirasida mikrokreditlar bo‘yicha kredit tavakkalchiligini davlat va mikrokredit beruvchilar o‘rtasida taqsimlash yoki ular bo‘yicha Kompaniyaning portfel kafilligini taqdim etish;
  • mikrokredit beruvchilar tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan ajratilgan 100 million so‘mgacha garovsiz mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish tizimiga o‘tish.

Dastur doirasida 100 million so‘mgacha garovsiz mikrokreditlar:

kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritayotgan va ijobiy kredit tarixiga ega kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratiladi;

2024-yil 1-noyabrdan kichik tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat yuritayotgan hudud toifasidan kelib chiqqan holda Kompaniya tomonidan mikrokredit beruvchilarga quyidagi stavkalarda qayta moliyalashtiriladi:

  • 5-toifa uchun – 12,5 foiz;
  • 4-toifa uchun – 13,5 foiz;
  • 3-toifa uchun – 14,5 foiz;
  • 2-toifa uchun – 17,0 foiz;
  • 1-toifa uchun – 18,0 foiz;

 

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ
Axborot xizmati