/News/Navoiy viloyatining Navbahor va Karmana tumanlarida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi
22.10.2024 - 16:07 1188

Navoiy viloyatining Navbahor va Karmana tumanlarida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

Navoiy viloyatining Navbahor va Karmana tumanlarida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

22-oktabr kuni Navoiy viloyatining ikki tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi.

Karmana tumanida “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ Hududlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Ozodjon Sagdiyev, Karmana tumani hokimi Valijon Adizov, O‘zsanoatqurilishbank ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari Shuxrat Yakubov, Biznes ombudsman o‘rinbosari Jamshid O‘rinov hamda tumandagi tadbirkorlar ishtirok etdi.

Bundan tashqari kun davomida, Navbahor tumanida Kompaniyaning Hududlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Ozodjon Sagdiyev hamda “Turonbank” ATB Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sultan Kaldibayev viloyatdagi faol tadbirkorlar bilan suhbatlashdi.

Uchrashuvlarda Kompaniyaning amaldagi va yangi joriy etilgan xizmatlari haqida taqdimotlar qilinib, ulardan foydalanish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, Kompaniyaning moliyaviy instrumentlaridan samarali foydalanish va ularni yana-da takomillashtirish yuzasidan takliflar bildirildi. Tadbirkorlarni qiziqtirgan 20 dan ortiq savollariga javoblar berildi.

 

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ
Axborot xizmati