/Сompany support/Refinancing

Refinancing

Qayta moliyalashtirish – qarz oluvchiga 100 million so‘mgacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ro‘yxatga olingan tadbirkorlik subyektlariga qo‘shimcha ravishda 100 million so‘mgacha hamda 2025-yil 1-maydan boshlab o‘z faoliyatini yiriklashtirgan tadbirkorlik subyektlariga 150 million so‘mgacha ajratilgan mikrokreditlar bo‘yicha depozit joylashtirish orqali qayta moliyalashtirish xizmati demakdir.

Quyidagi muvofiqlik mezonlarini bajargan qarz oluvchilarga ajratilgan mikrokreditlar qayta moliyalashtiriladi yoki portfel kafilligi taqdim etiladi:

  • tadbirkorlik subyekti sifatida ro‘yxatdan o‘tganligiga bir yildan oshgan; ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan;
  • Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida kreditdan muvaffaqiyatli foydalanib o‘z vaqtida qaytargan mikrokredit oluvchilarga mikrokreditlar ro‘yxatdan o‘tgan davridan qatʼi nazar ajratiladi. Bunda, mikrokredit oluvchi tadbirkorlik subyektining taʼsischisi (taʼsischilaridan biri) va/yoki rahbari bo‘lishi lozim.
  • Mikrokredit beruvchilar, mikrokredit oluvchining Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida kreditdan muvaffaqiyatli foydalanganligiga;
  • 2025-yil 1-maydan boshlab o‘z faoliyatini yiriklashtirganligiga;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida ijtimoiy himoya yagona reyestrida turgan ishsiz fuqarolarni ish bilan taʼminlaganligiga.

Quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos keladigan mikrokredit beruvchilar tomonidan ajratilgan mikrokreditlar qayta moliyalashtiriladi yoki portfel kafilligi taqdim etiladi:

a) tijorat banklari bo‘yicha:

  • bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi mavjud bo‘lgan;
  • so‘nggi hisobot yili moliyaviy natijalarini zarar bilan yakunlamagan (davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan tijorat banklari bundan mustasno);
  • ustav kapitaliga qo‘yilgan talablar bo‘yicha ustav kapitalini shakllantirgan;
  • NPL ko‘rsatkichi 5 (besh) foizdan oshmagan (davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan tijorat banklari bundan mustasno);
  • “Standard & Poor‘s”, “Fitch Ratings” reyting kompaniyalarining “B-” va “Moody‘s Investors Service” reyting kompaniyasining “B3” reyting baholaridan past bo‘lmagan;
  • Markaziy bankning banklarga nisbatan o‘rnatilgan kapital monandligi, likvidliligi va qarz oluvchilar bilan bog‘liq prudensial normativlarga rioya qilayotgan (davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan tijorat banklari bundan mustasno).

b) mikromoliya tashkilotlari bo‘yicha:

  • faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan va kamida bir yil faoliyat yuritayotgan;
  • moliyaviy natijalarga ko‘ra so‘nggi hisobot yilini zarar bilan yakunlamagan;
  • ustav kapitaliga qo‘yilgan talablar bo‘yicha ustav kapitalini shakllantirgan;
  • NPL ko‘rsatkichi 5 (besh) foizdan oshmagan; prudensial meʼyorlarga rioya qilayotgan

Mazkur Bitim amalda bo‘lgan davrda mikrokredit beruvchilar muvofiqlik mezonlariga mos kelmay qolgan taqdirda, mikrokredit beruvchilar muvofiqlik mezonlariga mos kelgunga qadar Kompaniya tomonidan qayta moliyalashtirish yoki portfel kafilligi taqdim etish vaqtinchalik to‘xtatiladi.