/Yangiliklar/Xizmatlar ipotekasi asosida xorazmlik tadbirkor Kompaniyaning ilk hamkoriga aylandi
14.06.2024 - 20:23 152

Xizmatlar ipotekasi asosida xorazmlik tadbirkor Kompaniyaning ilk hamkoriga aylandi

Xizmatlar ipotekasi asosida xorazmlik tadbirkor Kompaniyaning ilk hamkoriga aylandi

Joriy yilning 14-iyun kuni Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi AJ Xizmatlar ipotekasi moliyaviy yordami bo‘yicha birinchi hamkorlik loyihasini amalga oshirdi.

Unga ko‘ra, Xorazm viloyatining Shovot tumanida faoliyat yurituvchi tadbirkorga tikuv va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish maqsadida qariyb 408 ming AQSh dollari miqdoridagi uskunalar olib berilmoqda.

Hamkorlik davrida 50 ta yangi ish o‘rni yaratiladi, yiliga 3 220 ming dona yoki 87,5 mlrd so‘mlik trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi va 6,9 mln AQSh dollari miqdorida eksport qilinishiga erishiladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur yordam doirasida 10 mlrd so‘mgacha taqdim etiladi. Ishbilarmonlar mazkur mablag‘ni yillik 18% ustama bilan foydalanishi yoki kelishilgan narxda bo‘lib to‘lashi mumkin.

 

Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi AJ
Axborot xizmat