Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasiga ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida” Qonuni hamda O‘zbekiston Mehnat kodeksi talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar) to‘g‘risidagi ma‘lumotlar Kompaniyaning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga joylashtiriladi.
Yoshi, millati, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy va mansab mavqeyidan qat‘iy nazar, o‘zlarining kasbiy, ishbilarmonlik, shaxsiy va axloqiy fazilatlar hamda ma‘lumot darajasiga ega, shuningdek, davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash huquqi qonunchilik bilan cheklanmagan va tegishli lavozimni egallash uchun malaka talablariga javob beradigan O‘zbekiston fuqarolari Kompaniya tizimiga ochiq tanlov orqali ishga qabul qilinadi.
Vakant lavozimga qarab nomzodlarga qo‘shimcha talablar qo‘yilishi mumkin.
Qo‘shimcha ma‘lumot olish uchun telefon: (71) 205-57-57
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” Aksiyadorlik Jamiyati “Aktivlarni boshqarish boshqarmasi Nobank kredit tashkilotlari bilan ishlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi” vakant lavozimiga tanlov asosida ishga taklif etmoqda.
Vakant lavozimga nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va vazifalar haqida batafsil quyidagi havolada ko‘rsatilgan
Nomzodlar o‘z rezyumelarini tanlov e’lon qilingan kundan boshlab 2025-yil 22-yanvar 18:00 ga qadar mazkur nobank_yt@edcom.uz elektron pochta manziliga jo‘natishi mumkin.