Resurs — kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar loyihalarini moliyalashtirish maqsadida Kompaniya tomonidan tijorat banklari, lizing va mikromoliya tashkilotlariga taqdim etiladigan qarz mablag‘lari hisoblanadi.
Resurs berish uchun hamkor tashkilotlarga qo‘yilgan talablar:
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat yuritayotgan;
2. Tugatilish bosqichida bo‘lmagan, ularga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilmagan;
3. Murojaat sanasida kreditlar (lizing, bank kafolati, akkreditiv) va soliqlar bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan (tijorat banklari bundan mustasno);
4. Ilgari sud jarayoniga o‘tgan qarzdorlik vujudga kelmagan (tijorat banklari bundan mustasno);
5. “D” va undan past kredit tarixi va Kompaniya yordamlari bo‘yicha salbiy tarixga ega bo‘lmagan (tijorat banklari bundan mustasno). Bunda kredit tarixi KATM kredit byurosi maʼlumotlari asosida aniqlanadi;
6. So‘nggi hisobot yili davri uchun moliyaviy natijalarga ko‘ra faoliyatini zarar bilan yakunlamagan;
7. Lizing tashkilotlari tashkil etilgani va faoliyat yuritayotganiga 2 yildan kam bo‘lmagan va ijobiy audit xulosasi mavjud bo‘lgan (Islom moliyasi asosida faoliyat yuritayotgan lizing kompaniyalari bundan mustasno);
8. Mikromoliya tashkilotlari yetarli darajada ustav kapitali shakllantirilgan va ijobiy audit xulosasi mavjud bo‘lgan;
9. Markaziy bank tomonidan eʼlon qilingan va/yoki o‘zi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlariga ko‘ra NPL ko‘rsatkichi 5 (besh) foizdan oshmagan;
10. 2-son kartoteka bo‘yicha qarzdorligi mavjud bo‘lmagan (tijorat banklari bundan mustasno);
11. Lizing tashkilotlarining bank hisobraqam aylanmasining 90 foizi lizing operatsiyalardan iborat bo‘lgan;
12. Tijorat banklarida xalqaro reyting agentliklari tomonidan “barqaror” reyting bahosi mavjud bo‘lgan;
13. Mikromoliya tashkiloti kapitalining yetarlilik koeffitsiyenti 10%dan kam bo‘lmagan;
14. Mikromoliya tashkilotining barcha yirik tavakkalchiliklarining (jami summasi xususiy kapitalning 10 foizi va undan yuqori bo‘lgan bir qarz oluvchi yoki o‘zaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga doir tavakkalchiliklar) umumiy miqdori mikromoliya tashkiloti xususiy kapitalining 5 barobaridan oshmagan.
Resurs taqdim etilmaydigan yo‘nalishlar: