18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun
1991-yil 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun. Bu yil ushbu sana munosabati bilan Davlat bayrog‘ining 33 yilligini nishonlamoqdamiz.
O‘zbekiston bayrog‘idagi har bir rang, har bir belgi o‘ziga xos maʼnoga ega:
Moviy rang – kuch-qudratni, tinchlik va barqarorlikni o‘zida aks ettiradi.
Oq rang – poklik, beg‘uborlikni ifodalab kelgan.
Yashil rang – yasharish va yangilanish ramzi, shuning barobarida ona tabiatimiz, asriy qadriyatlarimiz, iymon-eʼtiqodimiz timsoli hisoblanadi.
Qizil chiziqlar tomirimizdagi ajdodlar qoni – mangulik nishonasidir.
Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy anʼanalarimiz bilan bog‘liq. Ayni paytda u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham.
Davlat bayrog‘imizdagi 12 yulduz tasvirini o‘zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o‘z tuprog‘ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ jamoasi nomidan barcha vatandoshlarimizni ushbu ulug‘ kun bilan samimiy muborakbod etamiz hamda bayrog‘imiz abadiy hilpirab turishini tilab qolamiz!
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ
Axborot xizmati