Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan tibbiyot faoliyatini rivojlantirish uchun taqdim etib kelinayotgan moliyaviy yordamlar
Mamlakatda meditsina va tibbiyot faoliyatini rivojlantirish, ularning barcha toifadagi iste’molchilar uchun ommabopligini ta’minlash, shuningdek aholiga sifatli tibbiyot xizmatini takomillashtirish maqsadida keng qamrovli amaliy ishlar olib borilmoqda.
Meditsina va tibbiyot faoliyatini rivojlantirishga bugungi kunga qadar, Jamg‘arma tomonidan 475 ta loyihalarga kafillik va kompensatsiya yordamlari taqdim etilgan hamda 5 832 ta yangi ish o‘rni yaratilishi nazarda tutilgan.
Kafillik yordami bo‘yicha 168 ta loyihalarga ajratilgan 236 mlrd so‘m kredit uchun 99 mlrd so‘m mablag‘ miqdorida qo‘llab-quvvatlangan.
Kompensatsiya yordami bo‘yicha 307 ta loyihalarga ajratilgan 666 mlrd so‘m kredit uchun 57 mlrd so‘m mablag‘ miqdorida qo‘llab-quvvatlangan.
Shuningdek, Jamg‘arma tomonidan moliyaviy yordamlar miqdori hududlar kesimida taqdim etilmoqda. Xususan, Top-5 hududlar tahlil natijasida aniqlandi: kafillik bo‘yicha Xorazm, Namangan viloyatlari va Toshkent shahri hamda kompensatsiya bo‘yicha Toshkent shahri, Andijon viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi egallab kelmoqda.
Jamg‘arma tomonidan meditsina va tibbiyot faoliyatini rivojlantirish uchun moliyaviy yordamlar ajratish ishlari davom ettirilmoqda.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati