Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 12 apreldagi PQ-5071-sonli qaroriga muvofiq davlat-xususiy sheriklik shaklidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish ishlarini jadallashtirish hamda ushbu sohaga xususiy sektorni kengroq jalb etish orqali maktabgacha ta’lim qamrovini oshirish belgilangan.
Bugungi kunda mamlakatimizda 30 mingga yaqin maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 2 milliondan ziyod o‘g‘il-qiz tarbiyalanmoqda. So‘nggi besh yilda 422 ta davlat bog‘chasi qurilishi hamda 21 mingdan ortiq nodavlat muassasalar ochilishi hisobiga 1 million 200 ming o‘rin yaratilgan. Tizimga bolalarni qamrab olish ko‘rsatkichi 72 foizga yetgan.
Mazkur sohani qo‘llab-quvvatlash maqsadida Jamg‘arma tomonidan moliyaviy yordamlar taqdim etib kelinmoqda. Xususan, Jamg‘armaga kelib tushgan buyurtmalarning 715 tasi bo‘yicha tijorat banklarining 1 215 mlrd so‘m kreditlari uchun 557 mlrd so‘m yordamlar ko‘rsatilgan. Shundan kafillik bo‘yicha 410 mlrd so‘m, kompensatsiya 146 mlrd so‘m.
Shuningdek, mazkur sohada faoliyat olib borayotgan ayol tadbirkorlar soni – 300 nafarni, erkak tadbirkorlar esa – 415 nafarni tashkil qilmoqda.
Bundan tashqari, hududlar kesimida oladigan bo‘lsak eng ko‘p yordamlardan foydalangan hudud – Xorazm viloyati, eng kami esa Sirdaryo viloyati hisoblanadi.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati