/Yangiliklar/Tadbirkorga maslahat
02.05.2024 - 12:37 93

Tadbirkorga maslahat

Tadbirkorga maslahat

2023-yil 1-oktabrdan boshlab “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” dasturida ishtirok etuvchi, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi bo‘lgan va loyihalari belgilangan tartibda istiqbolli loyiha sifatida tanlab olingan kichik tadbirkorlik subyektlarining innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish, yuqori texnologik startap loyihalarga davlat ilmiy dasturlari doirasida 2 mlrd so‘mgacha grant mablag‘lar ajratib boriladi.

Bunda “Kichik biznesga ko‘maklashish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda tashkil etiladigan Loyihalarni baholash va tanlash guruhlari tomonidan ushbu yo‘nalishdagi loyihalar tanlab olingan va Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ma’qullangan loyihalarga grant mablag‘lari taqdim etiladi.

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan mazkur loyihalar belgilangan tartibda moliyalashtiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi 306-son qarori.

«Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ
Axborot xizmati