Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi Xizmatlar ipotekasi yordami bo‘yicha 18 nafar tadbirkor bilan 166,2 mlrd so‘mlik loyihalar bo‘yicha hamkorlik qiladi
Ikkinchi ochiq tanlovda 25 ta o‘rta tadbirkorlik subyektlari tomonidan qiymati 233,2 mlrd so‘m bo‘lgan loyihalar taqdim etildi. Umumiy qiymati 166,2 mlrd so‘m bo‘lgan 18 ta loyihalarlar skoring tahlil natijasida tanlovning keyingi bosqichiga o‘tdi. Ushbu loyihalar bo‘yicha 112,5 mlrd so‘m to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam taqdim etish va loyihalarning ishga tushirilishi hisobiga 448 ta ishchi o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan. Jumladan, keyingi bosqichga o‘tgan loyihalar bo‘yicha:
1. Yakuniy bosqichda loyihalar
5 ta 43,4 mlrd so‘mlik loyiha bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan asbob-uskuna olib kelish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda;
2. Dastlabki bosqichdagi loyihalar
1 ta 4,5 mlrd so‘mlik loyiha bo‘yicha tashabbuskorlar asbob-uskuna tanlash uchun xorijiy davlatlarga xizmat safariga borish rejalashtirilmoqda;
4 ta 43,5 mlrd so‘mlik loyiha bo‘yicha birlamchi xujjatlar qisman taqdim etildi, import shartnoma va biznes rejalar tayyorlanmoqda;
3. Ko‘rib chiqish vaqtincha to‘xtatilgan loyihalar
8 ta 74,8 mlrd so‘mlik loyiha bo‘yicha tashabbuskorning so‘roviga muvofiq yoki moliyaviy xizmatdan foydalanish talablariga javob bermaganligi sababli loyihalarni ko‘rib chiqish to‘xtatilmoqda.
«Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ
Axborot xizmati