/Yangiliklar/“Aloqabank”ga ham 30 mlrd so‘m miqdorida resurs joylashtiriladi
07.08.2024 - 12:47 348

“Aloqabank”ga ham 30 mlrd so‘m miqdorida resurs joylashtiriladi

“Aloqabank”ga ham 30 mlrd so‘m miqdorida resurs joylashtiriladi

Ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va yashil texnologiyalarini joriy etish loyihalariga ega tadbirkorlar diqqatiga!

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun AT “Aloqabank”ga 30 mlrd so‘m miqdorida resurs joylashtiradi.

Tartib va shartlari:

  • kichik tadbirkorlik subyektlariga — 1,5 mlrd so‘mgacha;
  • o‘rta tadbirkorlik subyektlariga — 5 mlrd so‘mgacha;
  • muddati — 7 yilgacha;
  • aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun esa — 1,5 yilgacha;

Resurs hisobidan tadbirkorlarga — asosiy stavka + 4% marja, yaʼni 17,5 foizda kredit ajratiladi. Kreditlarga garov taʼminoti yetmagan taqdirda Kompaniyaning kafillik yordami ham taqdim etiladi.

Batafsil: www.edcom.uz | www.aloqabank.uz

Kompaniyaning aloqa markazi: +99871 238-69-06

Bankning aloqa markazi: +998 71 230-77-77

 

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ
Axborot xizmati