/Yangiliklar/Islom taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
18.10.2024 - 14:39 348

Islom taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Islom taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ direktori o‘rinbosari Zarif Xolmurodov Islom taraqqiyot banki guruhi aʼzosi Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasining Moliya ishlari bo‘yicha direktori Askar Baimuldin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchashuv avvalida Kompaniyaning faoliyati, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari, ko‘rsatayotgan xizmatlari ko‘lami va samaradorligi, shu qatorda mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni to‘g‘risida maʼlumot berildi.

Shuningdek, Kompaniyaning xalqaro moliya institutlari bilan yo‘lga qo‘ygan hamkorlik aloqalariga alohida to‘xtalib o‘tilib, joriy va istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashildi.

O‘z navbatida, tomonlar “yashil” iqtisodiyot loyihalari va xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan hamkorlik ishlarini amalga oshirishga kelishib oldi.

 

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ
Axborot xizmati