Jahon banki vakillari bilan yashil iqtisodiyot loyihalarini qo‘llab-quvvatlash masalasi muhokama qilindi
30-sentabr kuni “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” direktori Abbosxon Maxamatov hamda Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha yetakchi iqtisodchisi Martin Meleski hamda mutaxassislar Fransisko Morayes Leytao Kampos va Valeriya Goffelar uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot avvalida O‘zbekiston tomoni Kompaniya faoliyati, uning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni, maqsadi va kelgusidagi rejalari, salohiyati va imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berdi.
Muzokaralar davomida O‘zbekistonda “yashil” texnologiyalardan foydalangan holda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish yuzasidan kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Jumladan, tomonlar yashil iqtisodiyot loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida hamfikr ekanligini bildirdi.
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ
Axborot xizmati