/Yangiliklar/KODIT Koreya kredit kafolati jamg‘armasi vakillari bilan o‘zaro tajriba almashildi
12.08.2024 - 15:40 637

KODIT Koreya kredit kafolati jamg‘armasi vakillari bilan o‘zaro tajriba almashildi

KODIT Koreya kredit kafolati jamg‘armasi vakillari bilan o‘zaro tajriba almashildi

12-avgust kuni Janubiy Koreya davlatida “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ direktori o‘rinbosari Z.Xolmurodov KODIT Koreya kredit kafolati jamg‘armasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazib, o‘zaro tajriba almashdi.

Bunda asosiy eʼtibor KODIT tajribasiga qaratilgan bo‘lib, uning ijobiy va o‘ziga xos jihatlarini Kompaniyaning kelgusi faoliyatida joriy qilish rejalashtirilgan.

Shu jumladan, muloqot davomida har ikki tomonning yashil va energiya tejamkor texnologiyalarga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha tajribasiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

 

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ
Axborot xizmati