/Yangiliklar/Kompaniya 6 yil ichida: 47 mingdan ortiq loyihaga 17,1 trln so‘m yordam taqdim etildi
25.07.2024 - 13:16 509

Kompaniya 6 yil ichida: 47 mingdan ortiq loyihaga 17,1 trln so‘m yordam taqdim etildi

Kompaniya 6 yil ichida: 47 mingdan ortiq loyihaga 17,1 trln so‘m yordam taqdim etildi

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida 2018-2024-yillar mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tahliliy sharh tayyorlandi.

O‘tgan 6 yil davomida

Tadbirkorlarning 47 mingdan ortiq loyihalariga 17,1 trln so‘m miqdorida Kompaniyaning yordamlari taqdim etildi.

Bunda, 13,5 ming ta loyihaga 10,4 trln so‘m kafillik, 33,5 ming ta loyihaga 6,7 trln so‘m kompensatsiya, 49 ta loyihaga 35 mlrd so‘m miqdorida resurs hamda 3 ta loyihaga 11,9 mlrd so‘m xizmatlar ipotekasi moliyaviy yordamlari taqdim etilishi orqali tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlandi.

Kompaniya tomonidan taqdim etilgan yordamlar qishloq xo‘jaligi loyihalariga 9,1 trln so‘m (53 foiz), sanoat loyihalariga 4,4 trln so‘m (26 foiz) hamda xizmat ko‘rsatish loyihalariga 3,6 trln so‘m (21 foiz) to‘g‘ri keladi.

Ushbu yordamlardan Xorazm (12 foiz), Toshkent (10 foiz), Buxoro (9 foiz) viloyatlari hamda Toshkent shahrida (9 foiz) ro‘yxatga olingan tadbirkorlar qolgan hududlardagi tadbirkorlarga nisbatan ko‘proq foydalanilgan.

Kompaniya yordamlaridan Bog‘ot (315 mlrd so‘m), Chilonzor (313 mlrd so‘m), Romitan (258 mlrd so‘m), Urganch (234 mlrd so‘m), Shovot (219 mlrd so‘m), Zangiota (187 mlrd so‘m), Gurlan (167 mlrd so‘m) tumanlari hamda Buxoro (419 mlrd so‘m), Andijon (383 mlrd so‘m), Termiz (303 mlrd so‘m) shaharlarida joylashgan tadbirkorlar eng faol foydalangan.

Yordamlarning taqdim etilishi natijasida

1) Jami 76 trln so‘mdan ortiq kreditlar kafillik va kompensatsiya moliyaviy instrumenti asosida qo‘llab-quvvatlandi;

2) aylanma mablag‘lari uchun 6,7 trln so‘mga yaqin mablag‘lar tadbirkorlar ixtiyorida qoldirildi;

3) ajratilgan kreditning 39 foizi garov taʼminoti bilan taʼminlandi;

4) tadbirkor ayollarning 6 mingga yaqin loyihalariga yordam berildi;

5) yashil loyiha, xususan, yashil va energiya tejamkor loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 2,1 trln so‘m yo‘naltirildi;

6) olis hududlar (4-5 toifa)dagi tadbirkorlar uchun 3,2 trln so‘m yo‘naltirildi;

7) tadbirkorlarning biznes-rejalariga asosan loyihalar ishga tushishi hisobiga 379,4 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Yil yakuniga qadar taqdim etiladigan yordamlar prognozi

Tadbirkorlarning 2,1 ming ta loyihalarini amalga oshirish uchun 1,4 trln so‘m miqdorida qo‘llab-quvvatlanishi prognoz qilinmoqda.

Bunda, 556 mlrd so‘m kafillik, 300 mlrd so‘m xizmatlar ipotekasi, 300 mlrd so‘m kredit resursi, 115 mlrd so‘m kompensatsiya yordamlari taqdim etiladi hamda loyihalarda 84 mlrd so‘m miqdorida ulushdor bo‘lib ishtirok etiladi.

Tadbirkor 10 mlrd so‘m miqdorida 18 foiz ustama haq yoki bo‘lib to‘lash shartlari asosida xizmatlar ipotekasi yordamidan foydalanganda 7 yil davomida bozor sharoitida ajratilgan qarzlardan farqli ravishda o‘rtacha 3 mlrd so‘mdan xarajatni iqtisod qiladi.

Huddi shuningdek, tadbirkor 7 yillik 3 mlrd so‘m miqdoridagi kapitalga ulush kiritish yordamidan foydalanganda 3,3 mlrd so‘m foiz xarajati iqtisod bo‘ladi va bu mablag‘lar tadbirkor ixtiyorida qoladi.

Yordamlarning taqdim etilishi ortidan kutilayotgan natija

1) Jami 2,2 trln so‘m miqdoridagi kreditlar kafillik va kompensatsiyalash asosida qo‘llab-quvvatlanadi;

2) aylanma mablag‘lari uchun 275 mlrd so‘m mablag‘ tadbirkorlarning o‘z ixtiyorida qoldiriladi;

3) kreditlarning 40 foizi garov taʼminoti bilan taʼminlanadi;

4) yashil loyiha, xususan, yashil va energiya tejamkor loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 168 mlrd so‘m yo‘naltirildi;

5) 1,2 mingdan ortiq tadbirkorlarning faoliyatidagi turli masalalar bo‘yicha maslahatlar beriladi;

6) loyihalar ishga tushishi hisobiga 8 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

 

 

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ
Axborot xizmati