Kompaniya vakillari Turkiya kredit kafolati jamg‘armasi faoliyati bilan tanishdi
10-oktabr kuni Turkiyada tashrif bilan bo‘lib turgan “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ direktori Abbosxon Maxamatov boshchiligidagi delegatsiya Turkiya kredit kafolati jamg‘armasining bosh direktori Hasan Basri Kurt bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston va Turkiya tomoni kichik va o‘rta biznes egalarini qo‘llab-quvvatlash, xizmatlar ko‘lami va samaradorligi, yashil loyihalarni joriy etishga ko‘maklashish masalalarini muhokama qildi.
Tomonlarning tajribasidan kelib chiqib, yangi xizmatlarni o‘rganish va joriy qilish, mavjudlarini esa yana-da takomillashtirish yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.
Maʼlumot o‘rnida, Turkiya kredit kafolati jamg‘armasi dunyodagi eng yirik tashkilotlardan biri hisoblanadi, u 1991-yildan to hozirga qadar 1,4 mln tadbirkorga moliyaviy yordam taqdim etgan.
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ
Axborot xizmati