/Yangiliklar/Qozog‘iston Xalq banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
21.11.2022 - 15:28 1654

Qozog‘iston Xalq banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Qozog‘iston Xalq banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasida Jamg‘arma Ijrochi direktori A.Maxamatov va “Qozog‘iston Xalq banki” OAJ (Halyk Bank)ning Boshqaruv raisi o‘rinbosari D.Sartaev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, uchrashuvda Jamg‘armaning Iqtisodiy tahlil va aktivlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i v.b. K.Radjapov hamda “Tenge Bank” ATBning Korporativ biznes departamenti direktori v.b. B.Abildaeva, Hujjatli amaliyotlar bo‘limi boshlig‘i T.Kuryaev ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida “Qozog’iston Xalq banki” OAJ (Halyk Bank)ning sho‘ba korxonasi hisoblanadigan “Tenge Bank” ATB banki zamonaviy bank texnologiyalaridan foydalangan holda moliyaviy xizmatlarni taqdim etib kelmoqda. Shu bilan birga, tuzilgan hamkorlik kelishuviga asosan kichik tadbirkorlik subyektlariga Jamg’armaning moliyaviy yordamlari orqali kreditlar olish imkoniyatlari yaratayotganligi ta‘kidlandi.

Shuningdek, tomonlar Jamg‘armaning faoliyati, maqsadi, funksiyalari, uning moliyaviy yordam turlari hamda tadbirkorlarga berilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashdilar.

Shuningdek, mehmonlar tomonidan tijorat banklari kichik tadbirkorlik subyektlarini kreditlashda Jamg‘armaning o‘rni muhimligi e’tirof etdilar hamda tadbirkorlik sohasini yanada rivojlantirish, tadbirkorlarga qulay imkoniyatlar yaratish va ularni
qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar.

Uchrashuv so‘ngida, tomonlar yuqorida keltirilgan masalalar yuzasidan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishib oldilar.


Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati