Namangan viloyatida seminar o‘tkazildi
Namangan shahrida O‘zbekiston Prezidentining “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori mazmun-mohiyati va ijrosi yuzasidan seminar tashkil etildi.
Uchrashuv davomida «Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ direktori Abbosxon Maxamatov tomonidan “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida joriy etilayotgan yangi mexanizmlar haqida maʼlumot berildi.
Shu bilan birga, Kompaniya tomonidan tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan moliyaviy yordamlar haqida taqdimotlar qilindi.
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ
Axborot xizmati