/Yangiliklar/Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati ma’lum qiladi
01.04.2024 - 09:00 353

Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati ma’lum qiladi

Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati ma’lum qiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10-noyabrdagi 193-son Farmoniga muvofiq Kompaniya joriy yilning mart oyi boshidan boshlab moliyaviy yordamlarini taqdim etishni boshladi, Xususan:

а) avvaldan taqdim etib kelinayotgan 2,5 mlrd so’m miqdoridagi kafillik yordami endilikda 5 mlrd so’mgacha taqdim etilmoqda;

b) xizmatlar ipotekasi asosida 10 mlrd yordam ko’rsatish uchun joriy yilning 18 mart kuni tanlov e’lon qilindi (https://edcom.uz/uz/news/news_18-03-2024);

v) kapitalga ulush kiritish asosida 3 mlrd yordam ko’rsatish uchun joriy yilning 19 mart kuni tanlov e’lon qilindi (https://edcom.uz/uz/news/6069).

g) kompensatsiya yordami «1+2» tamoyili asosida 3 yilgacha 18 foizdan oshgan kreditlarga taqdim etilmoqda;

Xozirda, kredit (lizing) uchun resurs ajratish masalasida tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlari bilan ish olib borilmoqda.

Shuningdek, Kompaniyaning rasmiy veb-saytida (https://edcom.uz/uz/about/charter/) Kompaniyaning Ustavi va taqdim etiladigan yordamlar Nizomlari haqida ma’lumotlar joylashtirilgan.

Kompaniya tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘z faoliyatini barqaror davom ettirmoqda.

Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi AJ
Axborot xizmati