/Yangiliklar/Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
01.05.2024 - 14:00 274

Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatida (Kompaniya) 29-30 aprel sanasida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Kompaniya tomonidan direktor Abbosxon Maxamatov, direktorning birinchi o‘rinbosari Jasur Bo‘riyev, Tavakkalchilikni boshqarish bo‘limi boshlig‘i Doniyor Umarov, Jahon banki tomonidan loyiha menejeri, atrof-muhitni muhofaza qilishni moliyalashtirish bo’yicha katta mutaxassis Weijen Leow, yetakchi mutaxassis Martin Melecky, moliya sektorining katta mutaxassisi Valeriya Goffe, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bo‘lim boshlig‘i Javlon Xakimov va boshqa mutaxassislar ishtirok etdilar.

Uchrashuv avvalida Kompaniyaning faoliyati to‘g‘risida so‘z yuritildi. Jahon banki vakillari tomonidan Kompaniya tashkiliy tuzilmasi va taqdim etiladigan yordamlarga alohida qiziqish bildirildi.

Kafillik, kompensatsiya moliyaviy yordamlari takomillashtirilganligi hamda yangi joriy etilgan Xizmatlar ipotekasi, Kapitalga ulush kiritish, Resurs ajratish yordamlarining taqdim etish mexanizmlari to‘g‘risida tushuncha berildi.

Shuningdek, Kompaniyaning “yashil” investitsiyalarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha operatsion siyosati holatiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Bunda Kompaniya tomonidan «yashil» iqtisodiyot loyihalarni keng qo’llab-quvvatlashga qaratilgan qadamlari to‘g‘risida muzokaralar o‘tkazildi.

2024-2026-yillar davomida rivojlanish strategiyasi, shuningdek Jahon banki tomonidan texnik ko‘mak berish masalasi va horijiy grantlar jalb qilish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar yuqorida ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha hamkorlik ishlarini davom ettirishga kelishib oldilar.

«Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ
Axborot xizmati