O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan bayram tabrigi
Aziz vatandoshlar!
“Tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash Davlat jamg’armasi” jamoasi Sizni eng ulug’ va muqaddas bayram – O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi.
Shunday qutlug’ damda yurtimizga tinchlik, sizga sihat-salomatlik, oilangizga qut-baraka tilab qolamiz!
Yurt tinchligi, vatan taraqqiyoti, xalq farovonligi yo’lida amalga oshirayotgan fidokorona ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin.