Tadbirkorga maslahat

2021-yil 1-maydan boshlab “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilishga zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda subsidiyalar taqdim qilinishi hamda 2021-yil 1-iyundan boshlab “Yoshlar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun bino va inshootlarni ijaraga olgan yosh tadbirkorlarga bir yillik ijara xarajatlarining 30 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha bo‘lgan miqdori kompensatsiya qilinishi belgilangan.
Ushbu subsidiya va kompensatsiyalar “Yoshlar daftari” jamg‘armalari hisobidan ajratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son farmoni.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati