Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan chorvachilik yo‘nalishini rivojlantirish uchun taqdim etib kelinayotgan moliyaviy yordamlari
Bugungi kunda mamlakatimizda chorvachilik yo‘nalishiga aholida e’tibor berib kelinmoqda, birgina O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.02.2022-yildagi “Chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-121-son qarori misol bo‘la oladi.
O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portali ma’lumotiga asosan 2022-yil mobaynida jami 195 541 bosh qo‘y va echki, 22 273 bosh qoramol, 1 918 698 bosh parrandalar yetishtirildi.
Shu bilan birga Jamg‘arma tomonidan ham fermer xo‘jaligini tashkil qilish, chorvachilikni rivojlantirish, naslli qora mollarni ko‘paytirishga moliyaviy yordamlar berib kelinmoqda, xususan, 2023-yil 1-iyun holatiga 2 456 ta loyihaga ajratilgan 3 451 mlrd so‘mlik kreditlar uchun 1 525 mlrd so‘mlik kafillik yordami ko‘rsatilgan.
Shuningdek, 3 515 ta loyihalarga ajratilgan 5 222 mlrd so‘mlik kreditlar uchun 797 mlrd so‘mlik kompensatsiya yordami ko‘rsatilgan.
Buning hisobiga chorvachilik xo‘jaliklari qo‘llab-quvvatlanib, 36 645 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Jamg‘arma tomonidan chorvachilik yo‘nalishini rivojlantirish uchun moliyaviy yordamlar ajratish ishlari davom ettirilmoqda.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati