/Yangiliklar/Joriy yilda 600 mlrd so’m miqdorida kafillik moliyaviy yordami taqdim etiladi
04.04.2024 - 10:00 384

Joriy yilda 600 mlrd so’m miqdorida kafillik moliyaviy yordami taqdim etiladi

Joriy yilda 600 mlrd so’m miqdorida kafillik moliyaviy yordami taqdim etiladi

Kompaniya tomonidan kafillik moliyaviy yordamini taqdim etish barqaror davom ettirilmoqda.

Kafillik bu qarz oluvchining hamkor tashkilot oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarishi uchun o’z mas’uliyatini Kompaniyaga yuklaydigan shartnoma hisoblanadi.

Kompaniyaning Kafillik moliyaviy yordami o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlariga tashkil etilgan davridan kelib chiqib:

o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun 35 mln so‘mdan – 100 mln so‘mgacha;

kichik tadbirkorlik subyektlari uchun 500 mln so‘mdan – 2,5 mlrd so‘mgacha;

o’rta tadbirkorlik subyektlari uchun 3 mlrd so‘mdan – 5 mlrd so‘mgacha taqdim etiladi.

Kafillik moliyaviy yordami milliy va xorijiy valyutada taqdim etiladi.

Joriy yilda 600 mlrd so‘m kafillik taqdim etish natijasida:

tadbirkolarning kredit, lizing, akkreditiv, bank kafolatlari bo‘yicha ta’minoti yaxshilanadi;

1 200 dan ortiq loyihalari qo‘llab-quvvatlanadi;

qariyb 5 500 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilishiga zamin yaratiladi;

loyihalar bo‘yicha ishlab chiqarish quvvati kamida 10 foizga oshishi ko‘zda tutiladi;

tadbirkor ayol va yoshlarning loyihalariga 20 foiz yordam yo’naltiriladi.

Kompaniya tomonidan joylardagi tadbirkorlar va hamkor tashkilotlardan kelib tushadigan buyurtmalar sonidan kelib chiqib taqdim etiladigan yordam miqdori oshirib boriladi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi AJ
Axborot xizmati