Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida professor-o‘qituvchilar bilan uchrasuv bo‘lib o‘tdi
Kompaniyaning Metodologiya va yangi xizmatlarni joriy etish bo‘limi boshlig‘i Qudrat Radjapov tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan moliyaviy yordam turlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Suhbat davomida professorlar Kompaniya faoliyati yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi, shu bilan birga qator takliflarni bildirib o‘tishdi. Kelgusida ilmiy ishlar ustida ishlash jarayonida ham hamkorlik qilishga kelishib olindi.