/Yangiliklar/Quyonchilik yo‘nalishini qo’llab-quvvatlanishida berilgan yordamlar
04.09.2023 - 17:35 378

Quyonchilik yo‘nalishini qo’llab-quvvatlanishida berilgan yordamlar

Quyonchilik yo‘nalishini qo’llab-quvvatlanishida berilgan yordamlar

Qadimdan quyonchilik yetti xazinaning biri sifatida eʼtirof etilgan. Xonakilashtirilgan quyon go‘shti to‘yimli, parhezbop bo‘lib, terisi va yungi terini qayta ishlash sanoatida qimmatli xom ashyo sifatida foydalaniladi. Quyon bolalari juda tez yetiluvchan bo‘lib, serpushtdir. U har qanday sharoitga tez moslashuvchan jonivor bo‘lgani uchun ham, uy sharoitida va fermer xo‘jaliklarida boqilib, yaxshi daromad olinmoqda.

2022- yilning 1- yanvar holatiga koʻra, barcha toifadagi xoʻjaliklarda quyonlarning umumiy bosh soni 600,6 ming boshni tashkil etadi.

Hududlar oʻrtasida quyonlar umumiy bosh sonining eng katta ulushi Samarqand viloyatiga (28,4 %), aksincha eng kam ulush Qoraqalpogʻiston Respublikasi (1,2 %) hissasiga toʻgʻri keladi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, barcha toifadagi xoʻjaliklarda quyonlarning umumiy bosh soni 584,4 ming boshni tashkil etadi.

Hududlar oʻrtasida quyonlar umumiy bosh sonining eng katta ulushi Samarqand viloyatiga (31,0 %), aksincha eng kam ulush Qoraqalpogʻiston Respublikasi (1,2 %) hissasiga toʻgʻri keladi.

Shuningdek, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (Jamg‘arma) tomonidan quyonchilik yo‘nalishida 185 ta loyihalarga ajratilgan 422 mlrd so‘m kreditlar uchun 130 mlrd so‘m moliyaviy yordam taqdim etilgan.

Shundan, Jamg‘arma tomonidan kafillik bo‘yicha 74 ta loyihalarga ajratilgan 170 mlrd so‘m kredit uchun 81 mlrd so‘m yordam va kompensatsiya bo‘yicha 105 ta loyihalarga ajratilgan 252 mlrd so‘m kredit uchun 49 mlrd so‘m yordam taqdim etilgan.

Bundan tashqari, tahlil natijalariga ko‘ra moliyaviy yordamlardan foydalangan Top-3 hududlar aniqlandi. Bunda, 1-o‘rinda Toshkent viloyati – 57 mlrd so‘m, 2-o‘rinda Buxoro viloyati – 18 mlrd so‘m va 3-o‘rin Farg‘ona viloyati – 16 mlrd so‘m.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati