/Yangiliklar/Tadbirkorga maslahat
04.09.2023 - 12:00 318

Tadbirkorga maslahat

Tadbirkorga maslahat

2026-yil 1-yanvarga qadar tomorqada yetishtirilgan mahsulotlarni kafolatli xarid qilish maqsadida tomorqa yer egalari bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga omborxonalarni jihozlash, shuningdek, quritish, saralash va qadoqlash uskunalari xarid qilish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq 150 mln so‘mdan ortiq bo‘lmagan hajmda subsidiya beriladi.

Ushbu subsidiyalar Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan taqdim qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-dekabrdagi PQ-54-son qarori.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati