/Yangiliklar/Jahon banki vakillari bilan uchrashuv
05.04.2023 - 18:04 2253

Jahon banki vakillari bilan uchrashuv

Jahon banki vakillari bilan uchrashuv

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasida (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma) Jahon banki hamkorligida “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi doirasi bo‘yicha muhokama bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Jamg‘arma tomonidan Kafillik taqdim etish va yangi xizmatlarni joriy qilish bo‘limi boshlig‘i Sh.Usmanov, Iqtisodiy tahlil va aktivlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i K.Radjabov va bosh mutaxassis B.Axmedov hamda Jahon banki tomonidan Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha bosh iqtisodchi B.Tumurdavaa, XTTB ishtirokidagi mazkur loyiha menejeri E.Ziyayev va tegishli konsultantlar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida Jamg‘arma vakillari mazkur loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar, uning samaradorligi, jalb qilingan mablag‘lar maqsadli sarflanganligi va yangi ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumot berdilar.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish hamda ularni qayta ishlash va joylarda yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish orqali Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida tadbirkorlik va ish bilarmonlik muhitini yaratish orqali aholining daromadlarini oshirish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari Jahon banki vakillari Jamg‘arma vakillari hisoboti yuzasidan tadbirkorlarga taqdim etilgan kafillik moliyaviy yordami bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar yuqorida keltirilgan masalalar yuzasidan hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati