O'rta tadbirkorlik subyektlarining loyihalariga Xizmatlar ipotekasi bo'yicha 468 mlrd so'm moliyaviy yordam yo'naltiriladi

Xabaringiz bor, Kompaniya tomonidan Xizmatlar ipotekasi moliyaviy yordami asosida o’rta tadbirkorlik subyektlari qo’llab-quvvatlash ishlari olib borilmoqda.
Ushbu moliyaviy yordam – ko‘chmas mulk va asbob-uskunalarning 70 foizigacha biroq 10 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda yillik 18 foiz yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti asosida 7 yilgacha muddatga taqdim etiladi.
Xizmatlar ipotekasi milliy valyutada ajratiladi.
Joriy yilning mart oyida yordamlarni taqdim etish bo’yicha birinchi ochiq tanlov e’lon qilindi. Hozirda loyihalarni saralab olish va ularni moliyalashtiish ishlari amalga oshirilmoqda.
Yordam ajratilishi natijasida:
60 yaqin loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi;
2 500 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi;
loyihalar bo‘yicha ishlab chiqarish quvvati kamida 12 foizga oshishi ko‘zda tutiladi;
mahalliylashtirish darajasi oshadi;
inklyuziv shartlar hisobiga bir yilda 30 mlrd so’m tadbirkorlar ixtiyorida qoldiriladi.
Yordam ko’rsatilishida xizmatlar ko‘rsatish, mahsulot ishlab chiqarish va yetishtirish sohasi qamrab olinadi.
Shuningdek, “yashil” va energiya tejovchi texnologiyalar hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishga qaratilgan loyihalarga ustuvorlik beriladi.
Yordam ko’rsatish manbasi hamda tanlovdagi loyihalarning oshishi hisobiga yordam ko’rsatish hajmi Kompaniya tomonidan oshirib boriladi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi AJ
Axborot xizmati