Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi va “Mikrokreditbank” ATB o‘rtasida 2023-yil 4-may sanasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
“Mikrokreditbank” ATB Bosh ofisida «Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (Jamg‘arma), “Mikrokreditbank” ATB va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tuziladigan kafillik shartnomalarining o‘ziga xos xususiyatlari, berilgan kafilliklar bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi hamda o‘zaro hamkorlik qilish masalalari to‘g‘risida» davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Ushbu davra suhbatida Jamg‘arma xodimlari F.Ahmadov va Sh.Ibragimovlar ishtirok etib, Jamg‘arma tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy yordamlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tishdi.
Shuningdek, uch tomonlama tuzilgan kafillik shartnomalari bo‘yicha Jamg‘arma tomonidan olingan majburiyatlarning bajarilishi, murojaat qilish tartiblari to‘g‘risida fikrlar almashildi.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati