/Yangiliklar/Baliqchilik sohasi bo‘yicha kompensatsiya olish yuzasidan MA’LUMOT
05.06.2022 - 11:55 339

Baliqchilik sohasi bo‘yicha kompensatsiya olish yuzasidan MA’LUMOT

Baliqchilik sohasi bo‘yicha kompensatsiya olish yuzasidan MA’LUMOT

Respublikada baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish, baliq mahsulotlari ishlab chiqarishning zamonaviy va innovatsion uslublarini joriy etgan holda hajmlarini oshirish, sohani tartibga solish bo‘yicha bir qator qonun hujjatlari qabul qilinib, ularning ijrosini sifatli va puxta ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Respublikada intensiv usulda baliq yetishtirishni bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish va rag‘batlantirish, mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish, sohaga innovatsion g‘oyalar, ilmiy ishlanmalar, zamonaviy texnologiyalar va ilm-fan yutuqlarini keng ko‘lamda joriy qilish, baliqchilik tarmog‘ini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsad qilib olingan.