Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi Sirdaryo viloyati tadbirkorlari bilan 5yil!
Otgan 5 yil davomida viloyatdagi kichik tadbirkorlik subyektlarining kreditlari uchun kafillik va kompensatsiya taqdim etish ishlari olib borildi.
2018-2022 yillar davomida viloyat bo‘yicha tadbirkorlarning jami 1 549 ta loyihasi qo‘llab-quvvatlanishiga erishildi, bunda qishloq xo‘jaligi sohasida-864 ta loyiha, sanoat sohasida-320 ta loyiha, xizmat ko‘rsatish sohasida-365ta loyiha.
2018-2022 yillar davomida viloyatdagi tadbirkorlarning 725 ta loyihasi uchun jami 578 mlrd so‘m kafillik taqdim etildi: qishloq xo‘jaligi sohasiga-322 mlrd so‘m, sanoat sohasiga-118 mlrd so‘m, xizmat ko‘rsatish sohasiga-138 mlrd so‘m.
2018-2022 yillar davomida viloyatdagi tadbirkorlarning 824 ta loyihasi uchun jami 226 mlrd so‘m kompensatsiya taqdim etildi: qishloq xo‘jaligi sohasiga-143 mlrd so‘m, sanoat sohasiga-39 mlrd so‘m, xizmat ko‘rsatish sohasiga-44 mlrd so‘m.
Jamg‘armaning eng ko‘p yordam olgan tadbirkorlar Guliston shahri (161 mlrd so‘m), Mirzaobod (144 mlrd so‘m) va Sirdaryo (95 mlrd so‘m) tumanlarida to‘g‘ri keladi.
Viloyatning 1 467 nafar tadbirkorlari qo‘llab-quvvatlandi.
Tadbirkorlar tomonidan 19 595 nafar yangi ish o‘rni tashkil etiladi.
Tadbirkorlarning ixtiyorida aylanma mablag‘larni shakillantirish uchun 480 mlrd so‘m qoldirildi.
Tadbirkorlarning mahsulot (xizmat)lar aylanmasi kamida 20 foizga oshadi.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
Axborot xizmati.